«Beeline Kiosk» Xizmatidan foydalanish boʻyicha Foydalanish bitimi (keyingi oʻrinlarda – Oferta)

Ushbu Foydalanish bitimi Abonentlarga «Beeline Kiosk» Xizmatiga kirish huquqini beruvchi munosabatlarni tartibga soladi (bundan buyon matnda - «Xizmat»).

«Beeline Kiosk» Xizmatidan foydalanish Xizmatga ulanish sharti bilan «UNITEL» MChJ Abonentiga ruxsat etiladi. Xizmatni ulashda Foydalanuvchi 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlaydi.

Ushbu Foydalanish bitimi qoʻshilish shartnomasi hisoblanadi. Ushbu Foydalanish bitimi «Мобильная Периодика» MChJ Kontent-provayderi (bundan buyon matnda Kontent provayderi deb yuritiladi) va «UNITEL» MChJ Operatorining (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) Foydalanuvchi (Abonent) manziliga qaratilgan Ommaviy Oferta hisoblanadi va Foydalanuvchi tomonidan faqatgina unga qoʻshilish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.

Davriy nashrlarning raqamlashtirilgan versiyalariga Xizmat orqali kirish huquqiga ega boʻlib Siz toʻliq hajmda ushbu Ofertaning shartlarini oʻqiganligingizni, tushunganligingizni va rozi ekanligingizni tasdiqlaysiz.

Ofertaning amaldagi tahriri bilan tanishish uchun mazkur sahifani muntazam ravishda koʻrib chiqish Foydalanuvchining shaxsiy masʻuliyatida qoladi.

 

1. Atamalar

1.1. Foydalanuvchi/Abonent — kamida bitta abonent raqami ajratilgan holda Operator aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun shartnoma (bundan buyon matnda — Shartnoma) tuzgan abonent (jismoniy shaxs).

1.2. Abonent raqami – Abonentga Shartnomada koʻrsatilgan holda ajratiladigan telefon raqami boʻlib, u orqali Abonent uskunasi unda oʻrnatilgan SIM-karta bilan identifikatsiyalanadi.

1.3. Abonent uskunasi – aloqa tarmogʻiga ulanadigan abonent uskunasi (abonent stansiyasi) — telefon apparati va h.k., — axborotni uzatish va/yoki qabul qilish imkonini beradi; unga butlovchi qismlar va aksessuarlar, Kontentni aks ettirish, koʻrish yoki undan foydalanish imkonini beruvchi boshqa uskunalar.

1.4. Kontent (shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda) — Xizmat doirasida taqdim etiladigan ma’lumotnomalar, koʻngilochar va (yoki) boshqa ma’lumotlar, soʻrovnomalar, ovoz berish, tanlovlar va shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

1.5. Xizmat - Abonentga Kontent provayderi tomonidan taqdim etiladigan axborot-koʻngilochar mazmunidagi xizmatlar majmuasi.

1.6. Sayt - Kontent joylashtirilgan Internet-sayt yoki veb-sayt https://kiozk.beeline.uz.

1.7. Operator – «UNITEL» MChJ, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi uyali aloqa Operatori. Manzil: Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 1-uy.

1.8. Kontent-provayder – «Мобильная Периодика» MChJ (197046, Sankt-Peterburg, Bolshaya Posadskaya ko‘chasi, 16-uy, Liter A, ofis 2-H №10, 13/№405, 406 STIR/KPP: 7801307212 / 781301001, ADRR 1167847189685)

1.9. Mobil ilova (Ilova) – bu foydalanuvchilar o‘zlarining smartfon, planshet va boshqa qurilmalarida foydalanadigan dastur.

 

2. Xizmatdan foydalanishning umumiy shartlari

2.1. Operator Xizmatga Operator tarmogʻidan foydalangan holda kirishni amalga oshiradi. Xizmatni taqdim etish natijasida Foydalanuvchilar ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilgan holda Operator tomonidan taqdim etiladigan Kontentga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar. «Beeline Kiosk» ilovasida joylashtirilgan Xizmat - Kontentning huquqiy egasi sifatida «Мобильная Периодика» MChJ Kontent-provayderi Foydalanuvchiga davriy bosma nashrlarning, ya’ni gazetalar, jurnallar, boshqa nashrlarning raqamlashtirilgan versiyalariga (keyingi oʻrinlarda «Jurnallar» deb ataladi) kirish imkonini beruvchi xizmatni taqdim etish majburiyatini oladi.

2.2. Xizmat doirasida Operator Foydalanuvchini Xizmatdan foydalanish shartlari oʻzgarganligi, Xizmatdagi funksional imkoniyatlardan foydalanish shartlari oʻzgarganligi, pullik xizmatlar roʻyxati oʻzgarganligi, marketing kampaniyalar oʻtkazilishi haqida xabardor qilishga haqli, ularning chogʻida Foydalanuvchi Foydalanuvchilarga tegishli SMS-xabarlarni yuborish va/yoki Sayt yoki Ilovada tegishli axborotni joylashtirish yoʻli bilan Xizmatdan maxsus shartlar asosida foydalanish huquqini oladi.

2.3. Xizmatdan foydalanish pullik. Xizmat Saytda belgilangan tarif bo‘yicha narxlanadi. Xizmatdagi funksional imkoniyatlar roʻyxati, Xizmatdan foydalanishning texnik va tijorat shartlari, pullik xizmatlar roʻyxati Kontent-provayder tomonidan belgilanadi va istalgan vaqtda axborot materiallarini Saytda yoki Ilovada joylashtirish orqali oʻzgartirilishi mumkin. Agar Foydalanuvchi ushbu Oferta oʻzgartirilgandan soʻng, Xizmatdan foydalanishda davom etsa, bunday oʻzgarishlar Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

 

3. Foydalanuvchiga Xizmatni taqdim etish shartlari

3.1. Xizmatga kirish uchun Foydalanuvchi ushbu Ofertada koʻrsatilgan usullarning biri orqali xizmatni ulashi kerak.

3.2. Xizmat Foydalanuvchilarning mobil (uyali) telefonlari, planshetlari va shaxsiy kompyuterlari orqali kirish uchun moʻljallangan.

3.3. Xizmatga ulanish uchun quyidagi matnli sms-xabarni: 1 sonini 17102 qisqa raqamiga yuborish kerak - xizmat bir sutkaga ulanadi. Telefon raqami va SMS-xabarda keladigan kod koʻrsatilib, toʻgʻridan-toʻgʻri Xizmatning https://kiozk.beeline.uz sayti va Beeline Kiosk ilovasi orqali ham ulash mumkin.

3.4. Oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejada xizmat ko‘rsatiluvchi «UNITEL» MChJ abonenti Xizmatning Foydalanuvchisiga aylanishi mumkin.

3.5. Kunlik obuna faollashtirilganda, to‘lov Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishni rad etgunga qadar har kuni Foydalanuvchining Abonent raqami hisobidan yechib olinadi. Oylik obuna faollashtirilganda, to‘lov Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishni rad etgunga qadar har oy yechib olinadi.

3.6. Abonentning shaxsiy hisob raqamidan kirish Xizmatidan foydalanganlik uchun pul mablagʻlari darhol yechilishi mumkin boʻlmagan hollarda (Abonentning shaxsiy hisobida yetarli mablagʻ mavjud emasligi sababli), kirish Xizmati abonent tomonidan hisob toʻldirilgunga qadar toʻxtatiladi. Abonent qisman bloklashda, majburiy bloklashda, Apparat yoʻqolganligi uchun bloklashda, ixtiyoriy bloklashda boʻlganida «Beeline Kiosk» xizmati taqdim etilmaydi, Xizmatdan foydalanganligi uchun pul mablagʻlari yechilmaydi. Xizmatni yoqish/uzaytirish uchun urinishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, Xizmat taqdim etilmaydi, foydalanish uchun pul mablagʻlari yechilmaydi.

3.7. Xizmatni mustaqil ravishda oʻchirish uchun quyidagi matnli sms-xabarni yuborish kerak: 0 sonini 17102 qisqa raqamiga, shuningdek, Xizmatning https://kiozk.beeline.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan oʻchirish mumkin.

3.8. Foydalanuvchi Xizmatga ulanishda va Xizmatdan foydalanish chogʻida koʻrsatilgan shaxsiy maʼlumotlariga Kontent-provayder Xizmati tomonida ishlov berilishiga roziligini bildiradi, va Xizmatga ulangan paytidan boshlab, ushbu Oferta shartlari qabul qilinganida shu kabi ishlov berish, yigʻish va saqlashga oʻz roziligini beradi.

3.9. Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlarini qabul qilib, Foydalanuvchilarga tegishli SMS-xabarlarni yuborish orqali Xizmat haqida ma’lumot olishga oʻz roziligini bildiradi.

3.10. Ushbu Ofertada koʻrsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik Xizmatni taqdim etishning butun muddati davomida amal qiladi.

 

4. Ushbu Oferta shartlarini qabul qilib, Foydalanuvchi quyidagilarni tan oladi va anglab yetadi:

4.1. Xizmat doirasida Foydalanuvchiga taqdim etiladigan jurnallar faqat Foydalanuvchining shaxsiy, oilaviy, uy va boshqa tadbirkorlik (tijorat) faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan foydalanish uchun moʻljallangan.

4.2. Xizmatning ishlashi jarayonida texnik sabablar tufayli kelib chiqadigan nosozliklar, xatolar, tanaffuslar boʻlishi mumkin. Kontent-provayder telekommunikatsiya va energetika tarmoqlarida uzilishlar, zararli dasturlarning harakatlari, shuningdek, dasturiy ta’minot va/yoki apparat majmuasidan ruxsatsiz foydalanish va/yoki ishdan chiqarishga qaratilgan uchinchi shaxslarning nohaq xatti-harakatlari tufayli oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar emas.

4.3. Foydalanuvchi SMS-xabarning mazmuni (matni), xizmatga kirish uchun qisqa raqam, kod soʻzlari, prefikslar va Xizmatga kirish uchun boshqa identifikatorlarning toʻgʻri koʻrsatilishi, ushbu Oferta shartlariga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan yuboriladigan SMS-xabarlarni rasmiylashtirish va joʻnatish boʻyicha boshqa talablarga rioya etilganligi uchun toʻliq javobgar boʻladi.

4.4. Xizmat faqat voyaga yetgan Foydalanuvchilarga qaratilgan materiallarni oʻz ichiga olishi mumkin.

 

5. Taqiqlangan harakatlar:

5.1. Xizmatni normal ishlashiga toʻsqinlik qiladigan har qanday usulda Sayt yoki Ilovadan foydalanish.

5.2. Boshqa bir Foydalanuvchi nomidan ushbu Foydalanuvchining ruxsatisiz Xizmatga kirish imkonini beruvchi parolni aniqlash, buzish yoki boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirish.

 

6. Xizmat doirasida mavjud jurnallar.

6.1. Xizmatda joylashtirilgan jurnallar, shuningdek, dizayn elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, skriptlar, dasturlar, tovushlar va boshqa obyektlar va ularni yigʻish intellektual mulkni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinadi. Agar Foydalanuvchida jurnallarning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzayotganiga asos boʻlsa, Foydalanuvchi Kontent-provayderga va/yoki tegishli Jurnalning nashriyotiga asosli talablar bilan murojaat qilish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi Kontent-provayder jurnallarni tarqatmasligini, jurnallarning qonuniyligi va Xizmat doirasida joylashtirilishining ishonchliligi uchun javobgar emasligini, balki Foydalanuvchiga faqat Xizmat doirasida tarqatiladigan, kontenti Jurnallar boʻlgan Xizmatga kirish imkonini berishini tushunadi va qabul qiladi.

6.2. Operator Foydalanuvchilarga Xizmatdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida Kontent-provayder uskunalari va oʻzining uskunalari oʻrtasida aloqa kanalini tashkil etish va texnik qoʻllab-quvvatlashni oʻz mas’uliyati doirasida ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.

 

6.3. Ushbu Oferta, hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan holatlardan tashqari, hech qanday Jurnallar Kontent-provayder yoki bunday Jurnallar huquq egalarining oldindan ruxsatisiz toʻliq yoki qisman nusxa koʻchirilishi, qayta ishlanishi, tarqatilishi, chop etilishi, koʻchirib olinishi, sotilishi yoki boshqa usulda ishlatilishi mumkin emas.

 

6.4. Ushbu Ofertada ruxsat etilishidan tashqari, huquq egasining oldindan yozma roziligisiz jurnallardan har qanday foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

 

7. Kontent-provayderining huquqlari.

7.1. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlari buzilgan taqdirda, shu jumladan Kontent-provayder tomonidan bunday ma’lumot olingan taqdirda, Kontent-provayder bir tomonlama tartibda, istalgan vaqtda har qanday sabablarga koʻra yoki sababni tushuntirmasdan, oldindan xabardor qilib yoki qilmay, Foydalanuvchiga shu kabi harakatlar orqali yetkazilishi mumkin boʻlgan har qanday zararga javobgar boʻlmasdan, Saytdan yoki Ilovadan Foydalanuvchining ma’lumotlarini oʻchirib tashlab Foydalanuvchining barcha Saytlar yoki Ilovalarga yoki ularning har qanday boʻlimi yoki Xizmatiga kirishini toʻxtatib turishga, cheklashga yoki bekor qilishga haqli.

7.2. Foydalanuvchi Sayt va/yoki Ilovadan tegishli ravishda foydalanmaganligi va/yoki ushbu Oferta va/yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini (jumladan mualliflik, patent, axborot huquqlarini) buzganligi tufayli Kontent-provayderga yetkazilgan har qanday zararni qoplab berishga oʻz roziligini beradi.

7.3. Xizmatni taqdim etish boʻyicha savollar yuzaga kelsa, 0611@beeline.uz elektron pochta manziliga yozing.

 

8. Boshqa shartlar.

8.1. Ushbu Foydalanish bitimi va unga kiritilgan barcha ilovalar rus tilida tuzilgan va oʻzbek tiliga tarjima qilinadi.

8.2. Xizmatni taqdim etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida OʻzR amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

8.3. Operator Foydalanuvchilar oldida Xizmat uchun va Kontent provayderining harakati va/yoki harakatsizligi uchun javobgar emas.

8.4. Operator Foydalanuvchilarga Operator tarmogʻidan foydalanib Xizmatga kirishni taqdim etish qismida Operator saytida joylashtirilgan mobil aloqasi xizmatlarini taqdim etishga ommaviy Oferta va mazkur Foydalanuvchi kelishuvi asosida xizmatlarni koʻrsatadi.

 

Открыть в приложении